1

Tojikiston prezidentiga umrbod hukmronlik qilish huquqi berildi

Dunyo 22.01.2016, 16:05
Tojikiston prezidentiga umrbod hukmronlik qilish huquqi berildi

Tojikiston parlamenti quyi palatasi mamlakatning amaldagi prezidenti Emomali Rahmonga mazkur lavozimga chegaralanmagan miqdorda saylanish imkonini berish uchun konstitusiyaga o`zgartirish kiritishni ma`qulladi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Endilikda mamlakat prezidentligiga ikki martadan ko`proq saylanishni taqiqlovchi normaga “Tinchlik va millat birligi asoschisi-Millat etakchisi” uchun istisno hollar kiritildi.

Deputatlar o`zgarishlar matnini Konstitusiyaviy sudga ko`rib chiqish uchun yo`naltirdi. Konstitusiyaviy sud yangi normaning qonunchilikka tegishliligi yuzasidan xulosa berishi kerak. Shundan so`ng qonunga kiritilayotgan o`zgarishlar yuzasidan umumxalq referendumi o`tkaziladigan sana belgilanadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1