AsosiyJamiyat

Uchta xususiy bandlik agentligining lisenziyasi bekor qilindi

'Uchta xususiy bandlik agentligining lisenziyasi bekor qilindi'ning rasmi

Uchta xususiy bandlik agentlik MChJlariga O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun berilgan lisenziya bekor qilindi.

Mehnat Vazirligi Matbuot xizmatining xabariga ko`ra, “Avangard Personal xususiy bandlik agentligi”, “Global hansung recruiting xususiy bandlik agentligi”, “Global Resources xususiy bandlik agentligi” MChJlar o`z arizalari va O`zbekiston Respublikasi “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to`g`risida”gi 25.05.2000 yildagi 71-II-son Qonuni, O`zbekiston Respublikasi “Xususiy bandlik agentliklari to`g`risida”gi 16.10.2018 yildagi O`RQ-501-son Qonuni hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo`yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi to`g`risida”gi Nizomda belgilangan talablarga binoan lisenziyalari  bekor qilingan.

Boshqa yangiliklar