Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaevni padari buzrukvori Toir Mirzaev 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, hokimning 73 yoshli otasi Toir Mirzaev vafot etgan.
Hokimlik marhumning vafoti munosabati bilan uning oila a`zolari va qarindoshlariga Qashqadaryo viloyati, tuman, shahar hokimliklari, viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda keng jamoatchilik nomidan ta`ziya bildirgan.
Qashqadaryolik bloger Azizbek Yazdurdievning qo`shimcha qilishicha, marhumning dafn marosimi Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi Tut qishlog`ida 8 dekabr, soat 13:00 da bo`lib o`tadi.






