AsosiyJamiyat

AQSh O`zbekistonni diniy erkinlik bo`yicha «Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro`yxati»dan chiqardi

'AQSh O`zbekistonni diniy erkinlik bo`yicha «Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro`yxati»dan chiqardi'ning rasmi

Din ishlari bo`yicha qo`mita axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 7 dekabr sanasida AQSh Davlat departamentining rasmiy saytida “Maykl Pompeoning Qo`shma shtatlar diniy erkinlikni buzuvchilarga qarshi choralar ko`rmoqda” nomli bayonoti e`lon qilindi.

️Unda bir qancha mamlakatlarda diniy erkinlik hamon o`zgarishsiz qolayotgani qoralangan. O`z navbatida, M.Pompeo diniy erkinlik borasida amalga oshirilgan ijobiy o`zgarishlar haqida gapirar ekan, O`zbekistonning maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar ro`yxatidan chiqarilganini ma`lum qilgan va bu qisqa muddat ichida O`zbekiston rahbariyati tomonidan ko`rilgan tezkor va maqsadli chora-tadbirlarning natijasi ekanani qayd etgan. Shuningdek, maxsus ro`yxatdan chiqishda O`zbekiston tajribasi boshqa davlatlarga namuna bo`lib xizmat qilishini ham ta`kidlagan.

️Eslatib o`tamiz, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoning O`zbekistonda diniy erkinlik bilan bog`liq holat yaxshilangani haqida o`zining chiqishlarida muntazam aytib keladi.

    Boshqa yangiliklar