O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning bevosita nazorati ostida bugun "Mehr" operasiyasining navbatdagi bosqichi amalga oshirildi. Suriyaning jangovar harakatlari olib borilayotgan hududlaridan 98 nafar yurtdoshlarimiz, ya`ni 25 nafar ayollar va 73 nafar bolalar Vatanimizga qaytarildi. Bu haqda Xalq so`zi xabar bermoqda.
Bu insonlar endilikda barcha qulayliklarga ega bo`lgan sog`lomlashtirish muassasalariga joylashtirilib, issiq ovqat va kiyim kechak bilan ta`minlanadi. Mutaxassislar tomonidan tibbiy va psixologik yordamlar ko`rsatiladi.
Shuningdek, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo`yicha ham tegishli ishlar amalga oshiriladi.
Kelgusida esa ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga to`laqonli ijtimoiy moslashuvi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.






