AsosiyJamiyat

«Har bir yoshga bir gektar» loyihasi doirasida 45 yoshli taniqli xonandaga 1 gektar er berildi

'«Har bir yoshga bir gektar» loyihasi doirasida 45 yoshli taniqli xonandaga 1 gektar er berildi'ning rasmi

G`uzor tumani hokimi Bekzod Suyunovning taklifiga binoan san`atkor Ravshan Sobirov «Yoshlar shaharchasi»da bo`lib, gulxan atrofida yoshlar bilan dildan suhbatlashdi va jonli ijroda qo`shiqlar hirgoya qildi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati ma'lumotlari asosida xs.uz xabar berdi.

Shundan so`ng yoshlar va san`atkorning taklifiga ko`ra, Yoshlar shaharchasida tashkil etilgan Kooperasiya er maydonidan dehqonchilik qilish uchun Ravshan Sobirovga 1 gektar er maydoni ajratib beriladigan bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, Favqulodda vaziyatlar vaziri Tursinxan Xudaybergenov va Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev tuman yoshlari va sarchashmalik yoshlar bilan uchrashib, ularga «Har bir yoshga, bir gektar» loyihasi doirasida er maydoni ajratib berish maqsadida Kooperasiya tashkil qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar