AsosiyDunyo

Buyuk Britaniyada "Covid-19"ga qarshi ommaviy emlash boshlandi

'Buyuk Britaniyada "Covid-19"ga qarshi ommaviy emlash boshlandi'ning rasmi

Buyuk Britaniya "Covid-19"ga qarshi ommaviy emlash boshlangan birinchi G`arb mamlakati bo`ldi. Vaksinasiya jarayoni bugundan boshlandi. Bu haqda xs.uz  xabar bermoqda.

Hukumat tomonidan aniqlangan xavf guruhlariga emlash jarayonida ustuvor ahamiyat beriladi. Ya`ni, bemorlarning yoshi asosiy mezon sifatida tanlangan. Emlash uchun "Pfizer" va "BioNTech" kompaniyalari tomonidan tayyorlangan vaksinadan foydalanilmoqda.

Britaniya hukumati vakilining so`zlariga ko`ra, xavf guruhidagilarning aksariyati yanvar oyining oxiriga qadar emlab bo`linadi.

Umuman olganda, mamlakat 40 million doza preparatga buyurtma bergan.

Emlashlar ixtiyoriy, bepul va faqat taklifnoma asosida amalga oshirilmoqda. Jarayon Milliy sog`liqni saqlash xizmati xodimlari tomonidan tibbiyot muassasalari yoki maxsus tashkil etilgan markazlarida amalga oshiriladi. Buyuk Britaniyaning fuqarolarini yoki uning rezidentlari ushbu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.

Avvalroq, Dunyoda birinchi bo`lib Buyuk Britaniya koronavirusga qarshi "Pfizer" vaksinasini qo`llashni ma`qullagani va mamlakatda 8 dekabrdan COVID-19’ga qarshi emlash boshlanishi haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar