Xalqaro Olimpiya Qo`mitasi (XOQ) Belorusiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko va uning o`g`li Viktorga XOQ homiyligidagi tadbirlar, shu jumladan, Olimpiya o`yinlarida ishtirok etishni taqiqladi. Bu haqda rbc.ru xabar bermoqda.
Ushbu sanksiyalar Prezidentning "Olimpiadada sovrindor bo`lgan Belarusiyalik sportchilarni kamsitgani" munosabati bilan amalga oshirildi. Tashkilot prezidenti Tomas Baxning so`zlariga ko`ra, "Olimpiada ishtirokchisini taxqirlash butun boshli Qo`mita obro`siga putur etkazadi".






