AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

'Ertaga O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

"O`zgidromet" 9 dekabr, chorshanba kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, bir oz qor yog`ishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4—6 daraja sovuq, kunduzi 0—2 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15—20 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq—2 daraja iliq bo`ladi.

Toshkentviloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda bir oz qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo`ladi.

Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo`ladi.

QashqadaryoSurxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`onaviloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda bir oz qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, respublika tog`oldi va tog` hududlarining ba`zi joylarida qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 1—6 daraja sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar