1

Britaniyalik sobiq askar xizmat davomida saratonga chalinganini ma`lum qildi

Dunyo 22.01.2016, 18:50
Britaniyalik sobiq askar xizmat davomida saratonga chalinganini ma`lum qildi

Britaniya armiyasining sobiq askari teri saratonidan vafot etayotganini, issiq mamlakatlarda xizmat qilgan davrida unga quyoshdan himoya qiluvchi krem berilmaganidan shikoyat qildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

 Angliyaning Saut-Shilds shahrida yashovchi 44 yoshli Li Xollga 2012 yilda melanoma(teri saratoni) tashxisi qo`yilgan edi.  O`tgan yilning dekabr oyida unga saratonning so`nggi bosqichida ekanligini aytishgandi.

Shifokorlarning ma`lum qilishicha, britaniyalik sobiq askar Kiprda xizma qilgan paytda unga quyoshdan himoya qiluvchi krem berilmagani saratonni keltirib chiqargan.

Xollning aytishicha, xizmat  jarayonida unga “Quyoshdan himoya qiluvchi hech qanday loson berilmagan”. Armiyada melanomaning issiq mamlakatdagi harbiy  xizmat  natijasida kelib chiqqan bo`lishi mumkinligini ma`qullashgan. Ammo, quyoshdan himoya qiluvchi krem askarning talabiga ko`ra berilishini ham qo`shimcha qilishgan.

Xoll 12 yil mobaynida Qirollik muhandislik korpusida sapyor bo`lib xizmat qilgan. 1993-1996 yillarda esa u Kiprda xizmat vazifasini o`tagan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1