Oltita ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning koronavirusga qarshi vaksinalari tasdiqlanib, 2021 yilning birinchi choragiga qadar foydalanishga tayyor bo`lishi mumkin. Bu haqda Bill Geyts aytmoqda, deb yozmoqda ria.ru.
"Men 2021 yilning birinchi choragiga qadar oltita vaksinani ma`qullanishini kutmoqdaman", dedi Geyts koronavirusga qarshi emlashlarning kelajagi haqidagi fikrlari to`g`risida.
AstraZeneca, Johnson & Johnson, Novavax, Pfizer/BioNTech i Moderna kompaniyalaridan vaksinalar tasdiqlanishi mumkin, dedi Geyts. U oltinchi emlovni ishlab chiqaruvchisini aytmagan.
Geyts 2021 yildagi emlash 2022 yilgacha koronavirus pandemiyasini engishga yordam beradi degan umidda.
Buyuk Britaniya 2 dekabr kuni Pfizer/BioNTech (AQSh va Germaniya) tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinani barcha klinik sinovlar tugagandan so`ng ommaviy foydalanish uchun sertifikatlagan birinchi mamlakat bo`ldi. 8 dekabr, seshanba kuni mamlakatda COVID-19ga qarshi keng tarqalgan emlash boshlandi. Birinchi emlashni Koventri shahrining 90 yoshli fuqarosi olgan.






