AsosiyJamiyat

Koronavirusga qarshi vaksina sinovida qatnashgan 6 kishi vafot etdi

'Koronavirusga qarshi vaksina sinovida qatnashgan 6 kishi vafot etdi'ning rasmi

Amerikaning «Pfizer» va Germaniyaning «BioNTech» kompaniyalari tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan vaksina sinovlarida olti kishi vafot etdi. Bu haqda AQSh Oziq-ovqat va farmasevtika idorasi (FDA) veb-saytida chop etilgan hujjatga tayanib, «TASS» xabar bermoqda.

«Hisobot davrida oltita o`lim qayd etildi (emlangan guruhida ikki, plasebo guruhida to`rtta o`lim)», deyiladi 10 dekabr kuniga rejalashtirilgan FDA yig`ilishi uchun tayyorlangan hujjatda. Qayd etilishicha, vaksina olgan guruhda ateroskleroz va semirish bilan kasallangan bitta ko`ngilli preparatning birinchi dozasidan uch kun o`tgach vafot etgan. Boshqa ishtirokchi ikkinchi dozani qabul qilganidan 60 kun o`tgach, yurak xurujiga uchragan va uch kundan keyin uning o`limi qayd etilgan.

Shuningdek, plasebo guruhida qon-tomir va yurak xurujidan ikki kishi vafot etgan, yana ikki nafar ishtirokchining o`limi sababi aniqlanmagan. O`lganlarning yarmi 55 yoshdan oshgan keksalar bo`lgan.

Ma`lumot uchun, firmalar rahbariyatga tegishli arizani 20 noyabr kuni topshirgan edi. Oziq-ovqat va farmasevtika idorasi (FDA) esa «Pfizer» va «BioNTech» vaksinasini tasdiqlash bo`yicha yig`ilishni 10 dekabrga rejalashtirgan edi.

    Boshqa yangiliklar