Adliya vazirligida Oliy Majlis Senati Raisi T. Narbaeva rahbarligida oila qonunchiligini takomillashtirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazildi.
Adliya vaziri matbuot kotibining ma`lum qilishicha, yig`ilishda bildirilgan quyidagi takliflar yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqishga kelishib olingan:
- majburiy oilaga tayyorlov kurslarini bepul asosda joriy etish;
- nikohlanuvchi shaxslarni bepul asosda bepushtlik yuzasidan tibbiy ko`rikdan o`tkazish;
- nikohning dastlabki 3 yilligida yosh oilalarning moddiy farovonligini ta`minlash maqsadida imtiyozli shartlarda maishiy, ipoteka va avtokreditlar ajratish;
- aliment tayinlash va to`lash bilan bog`liq masalalarni taraflar ajrashish haqida sudga murojaat qilgan paytda majburiy ravishda hal qilish;
- aliment to`lashdan bo`yin tovlagan shaxslarga nisbatan majburiy jamoat ishlari hamda transport vositasini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash shaklidagi ta`sir choralarini qo`llash;






