AsosiyJamiyat

Samarqandda yangi qurilgan ko`pqavatli uy birinchi qor-yomg`irga bardosh berolmay to`kila boshladi

'Samarqandda yangi qurilgan ko`pqavatli uy birinchi qor-yomg`irga bardosh berolmay to`kila boshladi'ning rasmi

2019 yilda Pastdarg`om tumanida foydalanishga topshirilgan uyning suv nasosi ishlamay qoldi. Tashqi fasad qismi devorlaridagi kafellar o`z-o`zidan birin-ketin ko`chib tusha boshladi. O`rnatilgan tarnovlar birinchi qor-yomg`irning o`zidayoq ko`chib tushdi. Bu esa deraza romlarini nosoz holatga tushirdi. Bittagina pod`ezdning kirish yo`laklaridan boshlangan bu holat tez kunda butun uy atrofini kafelga to`ldirib tashladi. Bundan tashqari, yuqori qavatdagi aholi ham tomidan xonadoniga sizib tushayotgan suvlardan tashvishga tushdi.


Bu haqda mazkur uyda yashovchi iste`molchi G.L. 1159 ishonch telefoniga murojaat qilmaganida kim bilsin, bu yangi uy keyinchalik qay ahvolga kelardi?
Murojaat Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining Samarqand viloyati hududiy tuzilmasi tomonidan o`rganib chiqildi. 

Natijada G.L.ning uy-joyida haqiqatan ham e`tiroz bildirilgan kamchiliklar borligi aniqlangan. “Qishloq Qurilish Invest” MChJ-injiniring kompaniyasi Samarqand filialining xodimlari nazorati ostida pudratchi tashkilot “Bekmurod Baraka Zamini” XK tomonidan barcha kamchiliklar to`rt kun ichida bartaraf etilgan. 

    Boshqa yangiliklar