AsosiyDunyo

Kanadadagi maktabda otishma sodir etildi. Qurbonlar bor

Kanadadagi Saskachevan provinsiyasida joylashgan maktablardan birida otishma sodir etildi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo so`zlariga asoslanib, “Meduza” nashri xabar bermoqda.

Otishma oqibatida besh kishi halok bo`ldi.Ikki kishi yaralangan va og`ir ahvolda ekanligi aytilmoqda.

Tryudo otishmani sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxsning qo`lga olingani haqidagi ma`lumotlarni tasdiqladi. Bu maktab o`quvchilaridan biri ekanligi aytilmoqda.

Otishma maktabning yuqori sinf o`quvchilari o`qiydigan korpusda sodir etilgan. Maktabda jami 900 nafar o`quvchi tahsil oladi.

    Boshqa yangiliklar