AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ikkita hududida qor yog`ishi kutilmoqda

'Bugun O`zbekistonning ikkita hududida qor yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 10 dekabr kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6° sovuq, kunduzi 2-4° iliq bo`ladi.

 

QORAQALPOG`ISTON VA XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 4-9° sovuq bo`ladi.

 

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

 

TOShKENT, SIRDARYo, SAMARQAND, JIZZAX VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

 

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI  

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

 

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar