AsosiyJamiyat

Antimonopoliya qo`mitasi vakili «O`zavtosanoat» taftish komissiya a`zoligidan chiqarildi

'Antimonopoliya qo`mitasi vakili «O`zavtosanoat» taftish komissiya a`zoligidan chiqarildi'ning rasmi

«O`zavtosanoat» AJning taftish komissiyasi a`zosi Mustafina Viktoriya Valerevnaning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi hamda uning o`rniga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarma boshlig`i Badalboev Sherzod Alijon o`g`li taftish komissiyasi a`zosi sifatida tasdiqlandi. Bu haqda jamiyat boshqaruv organining navbatdan tashqari yig`ilishida qabul qilingan qarorda ma`lumot berilgan, deya yozdi "kun.uz".

Jamiyat taftish komissiyasi a`zosi bo`lgan Viktoriya Mustafina ayni paytda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasida Tovar, moliya va raqamli bozorlarda bozor konsentrasiyasini nazorat qilish boshqarmasi boshlig`i lavozimida  mehnat qiladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot kotibi Mo`min Ibodovning ma`lum qilishicha, Mustafina o`z arizasiga ko`ra komissiya a`zoligidan ketgan.

«Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamiyatning yagona aksiyadori sifatida agentlik boshqarma boshlig`ini taftish komissiya a`zoligiga tasdiqladi», — deydi Ibodov.

«O`zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyatining taftish komissiyasi to`g`risidagi nizomga ko`ra, taftish komissiyasi jamiyatning nazorat organi bo`lib, kompaniya yagona aksiyadori tomonidan saylanadi. Ushbu komissiya kompaniyaning moliya-xo`jalik faoliyatini ichki nazorat qilishni amalga oshiradi.

Eslatib o`tamiz, 11 dekabr kuni Toshkent shahar ma`muriy sudi «UzAuto Motors» ishini qayta ko`rib chiqishi haqida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir:

«Biz o`z fikrimizda qolamiz», — Monopoliyaga qarshi kurash qo`mitasi «UzAuto Motors» bilan bog`liq sud qaroriga izoh berdi

    Boshqa yangiliklar