AsosiyJamiyat

Jahongir Ortiqxo`jaev yana bir tashkilotga rahbar bo`ldi

'Jahongir Ortiqxo`jaev yana bir tashkilotga rahbar bo`ldi'ning rasmi

Toshkentda O`zbekiston yoga federasiyasi bosh ofisi ochildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Tantanali ochilish marosimida Adliya, Tashqi ishlar, Sog`liqni saqlash, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari, shuningdek Milliy olimpiya qo`mitasi, O`zbekiston musulmonlari idorasi, Hindistonning O`zbekistondagi elchixonasi va Toshkentdagi Hindiston madaniyat markazi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirning ochilish marosimida so`zga chiqqan Toshkent shahar hokimi, O`zbekiston yoga federasiyasi raisi Jahongir Ortiqxo`jaev ushbu yangi bino bilan barchani, ayniqsa, yoga bilan shug`ullanib kelayotganlarni tabrikladi.  

Hozirda yogani aholi orasida keng targ`ib qilish bo`yicha qilinayotgan ishlarga to`xtaldi. «2020-2024 yillarda Yoga federasiyasini rivojlantirish dasturi» tasdiqlangani hamda uning ijrosi yuzasidan tizimli ishlar yo`lga qo`yilganligini aytib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar