AsosiyDunyo

"G`oliblar paradi": Erdo`g`an Bokuga keldi

'"G`oliblar paradi": Erdo`g`an Bokuga keldi'ning rasmi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an ikki kunlik tashrif bilan Ozarbayjonga keldi, deb yozdi TASS.

Bugun, 10 dekabr kuni Bokuning markaziy maydonida bo`lib o`tadigan Tog`li Qorabog`dagi jangovar harakatlar tugaganiga bag`ishlangan harbiy paradda Turkiya prezidentining ishtirok etishi kutilmoqda. Bundan tashqari, diplomatik manbalarga ko`ra, Erdo`g`an ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliev bilan muzokaralar o`tkazadi. Natijada bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Avvalroq Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi matbuot kotibi Omer Chelik Erdo`g`anning Ozarbayjonga bo`lajak tashrifini tarixiy deb atagan edi. Uning ta`kidlashicha, Turkiya davlati rahbari "Ozarbayjon Qurolli Kuchlarini tabriklash uchun" Bokuga yo`l olgan.

Erdo`g`an avvalgi tashrifini Ozarbayjonga joriy yilning 25 fevralida, Ozarbayjon-Turkiya yuqori darajadagi strategik hamkorlik kengashining sakkizinchi yig`ilishida ishtirok etish uchun qilgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar