AsosiyDunyo

Dekabr oyi oxirida yana bir davlatda koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanadi

'Dekabr oyi oxirida yana bir davlatda koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanadi'ning rasmi

Isroilda COVID-19 koronavirusiga qarshi emlash 27 dekabrdan boshlanadi, mamlakatning 60 ming aholisi har kuni emlash imkoniyatiga ega bo`ladi, deb e`lon qildi chorshanba kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu. 

Shu bilan birga, u vaksinani olganiga qaramay, COVID-19ga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklovlarga rioya qilishni davom ettirish kerakligini ta`kidladi.

Emlangan mamlakat aholisi majburiy izolyasiyasiz erkin harakatlanish huquqini beruvchi "yashil kartalar" ga ega bo`lishadi.

Avvalroq, Isroilga Amerikaning Pfizer kompaniyasi va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi partiyasi kelishi aytilgan edi. Partiya taxminan 100 ming dozani o`z ichiga olgan.

Noyabr oyida Isroil Pfizer bilan COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinani etkazib berish to`g`risida shartnoma imzoladi. Mutaxassislarning ta`kidlashicha, uning samaradorligi 95% ni tashkil qiladi.

Pfizerdan tashqari Isroil Amerikaning Moderna kompaniyasiga vaksinani etkazib berishiga rozi bo`ldi va Rossiyaning Sputnik V vaksinasini sotib olishga qiziqishini bildirdi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, Buyuk Britaniyada "Covid-19"ga qarshi ommaviy emlash boshlangani xabar qilingan edi. Shuningdek, kuni kecha, Amerikaning «Pfizer» va Germaniyaning «BioNTech» kompaniyalari tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan vaksina sinovlarida olti kishi vafot etgani aytildi.

    Boshqa yangiliklar