AsosiyJamiyat

Rasman! O`zbekistonda koronavirusga qarshi emlash boshlandi

'Rasman! O`zbekistonda koronavirusga qarshi emlash boshlandi'ning rasmi

Innovasion rivojlanish hamda Sog`liqni saqlash vazirliklari tomonidan Xitoyning Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutining ishlanmasi asosida Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd kompaniyasi  ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi bosqich klinik sinovlarini o`tkazish ishlari boshlandi.

Bu haqda 10 dekabr kuni Innovasion rivojlanish vazirligi binosida O`zbekistonda yangi koronavirus rekombinant vaksinasi (CHO hujayra) xalqaro klinik sinovlarining III fazasi boshlanishiga bag`ishlangan marosimda ma`lum qilindi. 

Xitoydagi O`zbekiston elchixonasi yordamida O`zbekistonga Zhifei kompaniyasi tomonidan 6000 dona sinov vaksinasi (50% haqiqiy vaksina, 50 % plasebo), 12 ming dona PZR testlar, 8 ming dona antitanalarni aniqlovchi testlar xamda barcha ishlatiladigan yordamchi materiallar (shpris, niqob, ko`zoynak, krioprobirkalar, homiladorlik testlari) olib kelindi.

Klinik sinovlarni o`tkazish uchun jami 5 ming nafar ko`ngillilar tanlab olindi. Jarayonning etik jihatlarini e`tiborga olgan holda ko`ngillilarning shaxsi oshkor qilinmasligiga kelishildi.

O`z navbatida,  Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasining 8 nafar mutaxassislari Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi  Ilg`or texnologiyalar markazi hamda Sog`liqni saqlash vazirligidagi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari bilan birgalikda sinov o`tkaziladigan poliklinikalari vrach va hamshiralari uchun vaksinasiya tadbirlarini amalga oshirish bo`yicha treninglar o`tkazdilar.

Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasining O`zbekistonda III faza sinovlaridan o`tayotgan vaksinasi.

Mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan va hozirda klinik sinovdan o`tishi boshlanadigan vaksina koronavirus yuza antigenining genetik-muhandislik oqsili bo`lib, u adenovirus hamda inaktivlashgan vaksina turlari bilan taqqoslanganda yuqori darajada xavfsiz hisoblanadi. Ya`ni rekombinant oqsil ko`rinishidagi vaksina virusning bir bo`lagini yuqori texnologiyalar asosida sun`iy ko`paytirib olishga asoslangan.  Genetik-muhandislik oqsili zararlangan organizmda aynan unga qarshi antitanachalar ishlab chiqaradi.

Ushbu vaksina I va II faza klinik sinovlarda nisbatan yuqori xavfsizlik profiliga egaligini namoyon etdi. Innovasion rivojlanish vazirligi rahbariyatining 20 ta ko`ngilli oila a`zolari Xitoydan olib kelingan rekombinant vaksina bilan birinchi dozada emlandi.

    Boshqa yangiliklar