SSVning AKTni rivojlantirish markazi "Doctor.Uz" maslahat kanalini ishga tushirdi. Bu haqda SSV rasmiy kanali xabar berdi.
Sog`liqni saqlash vazirligi AKTni rivojlantirish markazi (ITMed) tomonidan aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, unga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish, sog`likni mustahkamlash va maslahatlar berib borish uchun "Doctor.Uz" (https://t.me/SSV_DoctorUz) maslahat kanali ishga tushdi.
Ushbu kanalda siz to`g`ri ovqatlanish bo`yicha tavsiyalar, ofis gimnastikasi, statistika, foydali ma`lumotlar, tibbiyot volontyorlarining faoliyati va boshqa ko`plab qiziqarli yangiliklarni topishingiz mumkin.






