AsosiyJamiyat

Ertaga yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi?

'Ertaga yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 11 dekabr kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishini ma`lum qildi.

Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4° sovuq, kunduzi 2-4° iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 4-9° sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar