AsosiyJamiyat

Toshkentda 700 AQSh dollari evaziga Janubiy Koreyaga ishga jo`natishni va`da qilgan shaxs qo`lga olindi

'Toshkentda 700 AQSh dollari evaziga Janubiy Koreyaga ishga jo`natishni va`da qilgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Olmazor tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko`ra, 2018 yil mart oyida 31 yoshli Nodir A. 35 yoshli Sodiqjon A.ga uni Janubiy Koreyaga jo`natishni va`da qilgan. 

Buning evaziga undan 700 AQSh dollari olib, va`dasida turmasdan pullarni o`z ehtiyojiga sarflab yuborgan. 

IIBBning xabar berishicha, mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar