AsosiyJamiyat

Xorazmda 24 noyabr kunidan shu kunga qadar yo`l harakati qoidalarini buzganlardan byudjetga 1 421 405 355 so`m undirildi — MIB

'Xorazmda 24 noyabr kunidan shu kunga qadar yo`l harakati qoidalarini buzganlardan  byudjetga 1 421 405 355 so`m undirildi — MIB'ning rasmi

2020 yil 24 noyabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan  «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF-6118-sonli farmoni imzomandi. Bu haqda MIB Darakchiga xabar bermoqda

Ushbu farmon ijrosini ta`minlash bo`yicha joriy yilning 25 noyabr kuni Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda Xorazm viloyati IIB YHXB xodimlari bilan xamkorlikda DYHXX ning ma`muriy jarmalari bilan bog`liq ijro hujjatlarini keskin kamaytirish bo`yicha  reja-grafik tasdiqlangan.

Shunga asosan, Byuroning Xorazm viloyatining tuman va shaharlarning markaziy ko`chalarida majburiy ijro byurosi ish yurituvidagi qarzdorlik ishi yuzasidan 60 kunlik muddatda jarimalarni o`z vaqtida to`lamagan transport vosita egalarini aniqlash, ulardan jarimalarni undirish yuzasidan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 24 noyabr kunidan shu kunga qadar byuroning tuman  va shahar bo`limlari tomonidan yo`l harakati qoidalarini buzganlik uchun tayinlangan jarimalardan davlat g`aznasiga 1 421 405 355 so`m pul mablag`lari undirilishi ta`minlandi.

Haydovchilar yo`l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e`tiboran oltmish kun ichida jarima to`lamaganligi sababli Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning  291-moddasi tartibida transport vositalari jarima maydoniga qo`yilib, jarima to`langunga qadar ushlab turilishi belgilangan.

Shu sababli ushbu belgilangan muddatda tayinlangan jarimalarni to`lamagan 490 nafar xaydovchilarga tegishli bo`lgan transport vositalari belgilangan tartibda jarima maydoniga qo`yildi.

Endilikda ushbu undirilgan pul mablag`lari Farmonga asosan alohida g`aznachilik hisob-raqami bilan proporsional tartibda teng ravishda «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarni qo`llab-quvvatlashga yo`naltiriladi.

    Boshqa yangiliklar