AsosiyJamiyat

Andijon shahar Xalq ta`limi bo`limida 33,8 mlrd.so`m budjet mablag`larini o`zlashtirilgani aniqlandi

'Andijon shahar Xalq ta`limi bo`limida 33,8 mlrd.so`m budjet mablag`larini o`zlashtirilgani aniqlandi'ning rasmi

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2020 yilning noyabr oyida budjet mablag`larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o`tkazilgan kameral nazorat natijasida Andijon shahar Xalq ta`limi bo`limi tomonidan ish haqi to`lovlari bo`yicha shubhali xarajatlar amalga oshirilganligi aniqlangan. Bu haqda Moliya vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu aniqlangan shubhali xarajatlar yuzasidan Xalq ta`limi bo`limining 2018 yil 1 noyabrdan 2020 yil 1 noyabrgacha bo`lgan davri birlamchi hujjatlar asosida taftishdan o`tkazilganda, xodimlarga hisoblangan ish haqiga nisbatan 33,8 mlrd.so`m naqd pullar Xalq ta`limi bo`limining mas`ul xodimlari tomonidan bankdan ortiqcha olinib, markazlashgan buxgalteriya kassasiga kirim qilinmasdan o`zlashtirib yuborilganligi aniqlandi.

Ushbu o`zlashtirilgan mablag`lar 2018 yilda 1,0 mlrd.so`mni, 2019 yilda 12,6 mlrd.so`mni va 2020 yilning o`tgan davrida 20,2 mlrd.so`mni tashkil etgan.

O`tkazilgan taftish yakuni bo`yicha to`plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

 

    Boshqa yangiliklar