AsosiyJamiyat

Mutasaddi maktablarni to`liq internet bilan ta`minlashni keyingi yilning oxirigacha cho`zmaslikka va`da berdi

'Mutasaddi maktablarni to`liq internet bilan ta`minlashni keyingi yilning oxirigacha cho`zmaslikka va`da berdi'ning rasmi

AOKAda tashkil etilgan  matbuot anjumanida «O`zbektelekom» AK bosh direktori o`rinbosari Alisher Zafarov chekka qishloqlar va tog`li hududlardagi, umuman respublikadagi jami maktablar qachon sifatli internet bilan to`liq ta`minlanishi haqidagi savolga javob berdi:

«Mo`ljalimiz bo`yicha, bu ishni keyingi yilning oxirigacha cho`zmaslik chorasini ko`ramiz. O`rganishlarimiz natijasida ayrim ta`lim muassasalari juda ham uzoqda joylashgani aniqlangan. Optik tolali aloqa liniyalarini har bir maktabga olib borishni maqsad qilib qo`yganmiz.

Har bir ob`ekt bo`yicha to`liq ma`lumotga egamiz. Qanaqa texnologiya, qanday yo`nalish orqali, optik tolami yoki sun`iy yo`ldosh vositasidami, xullas masalaning hamma tomonlarini o`rgangan holda, ushbu vazifani albatta bajaramiz», dedi  Alisher Zafarov. 

    Boshqa yangiliklar