AsosiyDunyo

AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni Ikkinchi jahon urushi qurbonlaridan oshib ketdi

'AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni Ikkinchi jahon urushi qurbonlaridan oshib ketdi'ning rasmi

AQShda SARS-CoV-2 tufayli vafot etganlarning umumiy miqdori Ikkinchi Jahon urushi qurbonlari sonidan ortib ketdi. Jons Xopkins instituti ma`lumotlariga tayangan Business Insider nashri shu haqda xabar tarqatgan. Bu haqda tarjumon.uz ma`lum qildi.

Urush faxriylari bilan ishlash departamenti ma`lumotlariga ko`ra, Ikkinchi Jahon urushida qurolli to`qnashuvlar paytida 291,5 ming amerikalik halok bo`lgan. 11 dekabr holatiga ko`ra, koronavirusdan vafot etgan fuqarolar soni qariyb 300 ming kishini tashkil etmoqda.

Qayd qilinishicha, Ikkinchi jahon urushida bevosita jang maydonlaridan tashqarida, turli sabablarga ko`ra yana 113 ming kishi vafot etgan.

Joriy yilning aprel oyida AQShda koronavirus qurbonlari soni 70 mingdan ortib, Vetnam urushida halok bo`lganlarniki bilan tenglashgani xabar qilingan edi. May oyidan so`ng, COVID-19 bois jon berganlar 1945 yildan beri AQShning barcha harbiy yo`qotishlari soniga tenglashdi. AQSh tarixidagi eng qonli urush – fuqarolar urushida (1861-1865) esa, 620 ming kishi nobud bo`lgan. Bu AQShda ayni paytdagi koroonavirus qurbonlaridan ikki baravar ko`pdir.

    Boshqa yangiliklar