AQShning sharqiy qismida kuchli qorbo`ronlar oqibatida 28 kishi halok bo`ldi, deya xabar berdi ABC News.
Asosan odamlar avtomobil halokatlari, gaz bilan zaharlanish, shuningdek yurak huruji oqibatida vafot etgan.
Xususan 44 yoshli polisiya xodimi uyi oldida belkurak bilan qor kurayotganida yuragi huruj qilib, yiqilib o`lgan. Nyu-Jersida ayol va uning uch yoshli o`g`li gazdan zaharlanish oqibatida halok bo`lgan. Ma`lum bo`lishicha hodisa qor uyumida qolib ketgan avtomobil ichida uzoq qolib ketganligi sababli yuz bergan. Yana bir necha kishi avtohalokat oqibatida vafot etgan.
AQSh sharqiy sohillaridagi qorli po`rtana 22 yanvar kuni boshlangan. Yakshanbaga o`tar kechasi meteorologlar bo`ron to`xtagani haqida ma`lum qilishgan. Endi siklon Buyuk Britaniya yo`nalishida harakatlanmoqda.