Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida «O`zbektelekom» AK bosh direktori o`rinbosari Alisher Zufarov ma`lum qildi.
«Ijtimoiy soha ob`ektlarini optik tolali Internet bilan ta`minlash vazifasi oldimizga qo`yilgan edi. Bu yil shu topshiriqqa binoan 10 154 ta maktab, 5 781 ta maktabgacha ta`lim muassasasi va 3,5 mingdan ortiq sog`liqni saqlash ob`ekti qamrab olindi.
Joriy yil oxirigacha respublikada mavjud maktablarning 78 foizini Internet tizimiga ulash ko`zda tutilgan. Sog`liqni saqlash va maktabgacha ta`lim ob`ektlarini aloqa liniyalariga ulash ishlari esa yil yakuniga qadar 100 foiz ko`rsatkichda bajariladi.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan hamkorlikda universitetlarga 1 Gbit/s tezlikdagi tariflarni chiqardik. Narxlar hayratlanarli darajada arzonlashtirilgan. Hozirda deyarli barcha oliy ta`lim muassasalari ushbu tarifdan foydalanmoqda», dedi Alisher Zufarov.






