AsosiyJamiyat

Jizzaxda mast tog`asidan himoyalanmoqchi bo`lgan kuyov uni o`ldirib qo`ydi

'Jizzaxda mast tog`asidan himoyalanmoqchi bo`lgan kuyov uni o`ldirib qo`ydi'ning rasmi

Forish tumani E.Kamolov mahallasida yuz bergan janjal fojea bilan nihoyalandi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati ma`lum qildi. 

Mazkur  mahallada yashovchi M.A. o`zi bilan bir ko`chada turadigan jiyani I.X.ning uyiga mast holatda kelib, uning sha`riy nikohdagi eri Sh.J. bilan janjallashadi.  

O`zaro mushtlashuv paytida tog`a og`zidan ustara lezviyasini chiqarib, raqibiga tan jarohati etkazmoqchi bo`lgan. O`z navbatida kuyov yotoqxonada turgan pichoq bilan himoyalanadi. Voqea tog`aning ko`kragiga tig` qadalishi bilan yakunlangan.

M.A. Forish tumani tibbiyot birlashmasida ko`rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etdi. Jizzax shahrining Yoshlik mahallasida doimiy ro`yxatda turgan Sh.J.ga nisbatan esa tegishli tartibda jinoyat ishi qo`zg`atilgan.      

    Boshqa yangiliklar