AsosiyJamiyat

Akademik Ra`no Ubaydullaeva vafot etdi

'Akademik Ra`no Ubaydullaeva vafot etdi'ning rasmi

Mehnat iqtisodiyoti va mehnat resurslaridan foydalanish muammolari sohasida etakchi olima, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ubaydullaeva Ra`no Axatovna 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Innovasiya vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Akademik Ra`no Axatovna Ubaydullaeva — iqtisodiyot fanlari doktori, professor, O`zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, inson resurslaridan, xususan, O`zbekistonda va Markaziy Osiyo respublikalarida xotin-qizlar mehnat resurslaridan foydalanishning mintaqaviy kompleks muammolari bo`yicha tadqiqotlar tashkilotchilaridan biridir. O`zbek jamoatchilik fikri sosiologiya maktabi bugungi kunda nafaqat O`zbekistonda, balki MDH mamlakatlari hamda xorijiy ilmiy jamoatchilik tomonidan e`tirof etilgan. Akademik R. A. Ubaydullaeva YuNESKO MOST muvofiqlashtiruvchi qo`mitasi, Ijtimoiy fanlar bo`yicha xalqaro kengash raisi etib saylangan. U xalqaro sosiologik ilmiy jurnallarning tahririyat kengashlarida O`zbekiston vakili sifatida faoliyat yuritgan.

R. A. Ubaydullaeva 400 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo`lib, ularning aksariyati Rossiya, Ukraina, Belarus, AQSh, Italiya, Shveysariya, Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda chop etilgan. Olima gazeta va jurnallar sahifalarida katta targ`ibot ishlarini olib borgan, ko`plab ilmiy kadrlar tayyorlagan. Ra`no Axatovna 100 dan ortiq dissertasiyalar, jumladan, 50 dan ortiq nomzodlik va doktorlik dissertasiyalarining ilmiy rahbari, maslahatchisi va opponenti bo`lgan.

U O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi «Jamoatchilik fikrini o`rganishning dolzarb muammolari: nazariya, usul, amaliyot» respublika ilmiy-amaliy seminari rahbari hamda «Ijtimoiy fikr» markazi rahbari sifatida samarali faoliyat yuritdi. Shuningdek, Markaziy Osiyo tadqiqotlari bo`yicha Evropa jamiyati hamda AQSh Milliy geografik jamiyati a`zosi ularga mukofot berish bo`yicha davlat komissiyasi kabi ko`plab xalqaro tashkilotlarning a`zosi edi.

    Boshqa yangiliklar