AsosiyDunyo

Afg`onistonda taniqli telejurnalist sirli ravishda hayotdan ko`z yumdi

'Afg`onistonda taniqli telejurnalist sirli ravishda hayotdan ko`z yumdi'ning rasmi

Afg`onistonning “ARIANA News” telekanali boshlovchisi Fardin Amini sirli ravishda hayotdan ko`z yumdi.

“TOLO News” xabariga ko`ra, jurnalist noma`lum kimsalar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida vafot etgan. Kobul polisiyasi ham Aminining o`limini tasdiqladi. Ammo voqea tafsilotlari haqida ma`lumot bermagan, deb yozmoqda Regnum.ru xabariga tayanib xs.uz.

Bir kun oldin Afg`onistonning “Enikass TV” telekanali jurnalisti va teleboshlovchisi Malala Mayvand hayotdan ko`z yumgan edi. Malala va uning haydovchisi Afg`oniston sharqidagi Nangarxar viloyatida sodir etilgan qurolli hujum paytida o`ldirilgan. Hujum noma`lum shaxslar tomonidan amalga oshirilgan.

Yil boshidan buyon 30 mamlakatda kamida 80 nafar ommaviy axborot vositalari xodimlari o`ldirilgan. Bu esa o`tgan yilga nisbatan 10 foizga ko`pdir.

    Boshqa yangiliklar