Gidrometeorologiya markazi bugungi ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 12 dekabr kuni poytaxtda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 8-10 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlari. Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq o`rtasida bo`ladi.






