AsosiyDunyo

Kanadadagi otishma sodir etilgan maktab buzilishi mumkin

Kanadaning La-Losh shahridagi otishma sodir etilgan maktab buzib tashlanib, qaytadan quriladi, deb xabar beradi “TASS” shahar meri vriosi Kevin Janvening so`zlariga asoslanib.

"Men butun shahar aholisiga musibat keltirgan ushubu maktab buzib tashlanib, qaytadan qurilishi tarafdoriman”,-dedi u.

Maktabda 17 yoshli o`quvchining boshqa o`quvchilarga qarata o`q uzishi oqibatida

Kevin Janvening yakkayu yagona qizi 21 yoshli Mari Janve ham vafot etdi. Shuningdek halok bo`lganlar orasida Ontario provinsiyasidan La-Loshga ishlash uchun kelgan 35 yoshli o`qituvchi Adam Vud ham bor. Bundan tashqari, otishma oqibatida yaralangan sakkiz kishiningham ahvoli og`ir ekanligi ta`kidlanmoqda. Ularning hammasi maktab o`quvchilari.

Eslatib o`tamiz, 22 yanvar, juma kuni 17 yoshli o`smir o`zining 17 va 13 yoshli ikki aka-ukalarini o`ldirib, so`ng maktabga yo`l oldi va u erdagilarga qarata o`q uzdi. Jinoyatchi hozirda polisiya tomonidan qo`lgan olingan.

    Boshqa yangiliklar