Telegram tarmog`idagi ayrim kanallarda oliy ta`lim tizimida eng yaxshi vazir o`rinbosari, eng yaxshi rektorlarni aniqlash bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomalar Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga aloqador emasligini ma`lum bo`ldi. Bu haqda OO`MTV Axborot xizmati xabar bermoqda.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimiga oid jamoatchilik fikrini o`rganish maqsadida vazirlik tomonidan turli ijtimoiy so`rovnomalar o`tkazib kelinadi hamda bu haqda vazirlikning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va boshqa OAV orqali axborot berib boriladi.
Vazirlik sohaga oid dolzarb mavzularni yoritishda barcha OAVlar bilan ijodiy hamkorlik qilishga tayyor va bu boradagi tashabbuslarni to`la qo`llab-quvvatlaydi.
Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda ayrim sahifa va telegram kanallarida vazirlik nomidan ommani chalg`ituvchi noto`g`ri ma`lumot tarqatayotganlar faoliyatiga huquqiy baho berilishini eslatib o`tadi.






