AOKAda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova koronavirusga qarshi vaksinasiyalash jarayoni va boshqa aholini qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. Xususan, O`zbekistonda nechta fuqaro koronovirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlariga jalb qilingan, degan savolga javob berildi.
"COVID-19ga qarshi Xitoy kompaniyasining vaksinasi va Rossiya Federasiyaning “Sputnik-V” vaksinasining 3-bosqich klinik tadqiqotlarini yurtimizda ham o`tkazish bo`yicha qator ishlar olib borilmoqda.
Klinik sinovlar uchun eng kam talab qilingan ko`ngillilar besh ming atrofida bo`lishi kerak. O`zbekistonda sinovlarni o`tkazishga ko`ngillilar borada muammolar yo`q, deya izohladi mutaxassis.






