Facebook ijtimoiy tarmog`idagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolaridan biri guruhga quyidagi suratni joylashtirib, uni “Uch avtobus bir ko`prikni bo`lisholmadi. Uch avtobus! Balki ular uchib ketayotgan bo`lgandir” deya izohladi.

Ushbu yo`l-transport hodisasi poytaxtning Shimoliy vokzali yaqinida yuz bergani aytilmoqda.

Mazkur suratga guruhning qolgan a`zolari turlicha izohlar qoldirgan. Kimdir xazil tarzda, kimdir esa bunday hodisalar avtobus haydovchilarining mas`uliyatsizligidan kelib chiqishi haqida ma`lum qilgan.
YTH sabablari hozircha noma`lum. Izohlardan birida avtobuslarni evakuator yordamida olib ketilgani aytilgan. Yana bir tarmoq foydalanuvchisi YTH yuz bergan joyda katta tirbandlik yuzaga kelganini va imkon qadar bu erni aylanib o`tish kerakligini qayd etgan. YTH oqibatida jabrlanganlar haqida ma`lumot keltirilmagan.





