Bugun, 12 dekabr kuni soat 14:53 da "Tashkent city"da qurilayotgan uylardan birining erto`lasida yong`in sodir bo`ldi, deya rasmiy ma`lumot taqdim etdi FVV Matbuot xizmati.
"Qurilayotgan bino poydevorida saqlangan qurilish materiallari yonib ketdi. 2 daqiqadan so`ng yong`in sodir bo`lgan joyga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong`inga qarshi va qutqaruv guruhlari etib kelishdi. Yong`inni o`chirish uchun qutqaruvchilarga 15 daqiqa vaqt ketdi. Umumiy yonish maydoni taxminan 60 kvadrat metrni tashkil etdi. Hodisa qurbonlarsiz o`tdi", deyilgan dastlabki xabarda.






