AsosiyJamiyat

Farg`onada jiyanini "qutqarish" uchun inspektorga 250 AQSh dollari taklif qilgan fuqaroning o`zi tutildi

'Farg`onada jiyanini "qutqarish" uchun inspektorga 250 AQSh dollari taklif qilgan fuqaroning o`zi tutildi'ning rasmi

Farg`ona shahrida YHXB inspektoriga 250 AQSh dollari miqdordagi pullarni pora tariqasida bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi, deya "darakchi.uz"ga xabar berdi Farg`ona viloyati IIB AXborot xizmati. 

Keltirilishicha, joriy yilning 9 dekabr kuni fuqaro A.A. Farg`ona shahar IIO FMB Yo`l harakati xavfsizligi bo`limi ma`muriy amaliyot inspektori M.A.ga murojaat qilib, jiyani S.M. Farg`ona shahar hududida “Neksiya-3” rusumli, avtomashinani spirtli ichimlik iste`mol qilgan holda boshqarganligi uchun, unga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinasi jarima maydoniga joylashtirganligini aytib, fuqaro S.M.ning haydovchilik huquqidan mahrum qilmasdan, sud tomonidan qo`llaniladigan jarima miqdorini kamaytirishda yordam berishini so`rab, evaziga 250 (ikki yuz ellik) AQSh dollari miqdorida pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Fuqaro A.A.ga inspektor tomonidan huquq va majburiyatlari tushuntirilib, harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilib, jinoyatdan qaytarishga harakat qilinishiga qaramasdan, fuqaro pora taklif qilishda davom etgan.

Mazkur holat yuzasidan, O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi, viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi hamda Farg`ona shahar prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, A.A ismli shaxs YHXB inspektoriga Farg`ona shahar, Mustaqillik ko`chasida 250 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtda, tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Farg`ona shahar prokuraturasiga yuborildi.

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmat

    Boshqa yangiliklar