AsosiyJamiyat

2021 yilda respublika bo`yicha jami 430 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilinadi

'2021 yilda respublika bo`yicha jami 430 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilinadi'ning rasmi

“Qishloq xo`jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.  

Qarorga ko`ra, qishloq xo`jaligi ekinlarini etishtirishda tomchilatib va yomg`irlatib sug`orish tizimlarini hamda erni lazerli uskuna yordamida tekislangan holda diskretli sug`orish usulini joriy qilish sur`ati 5 barobarga oshiriladi.

Shunga ko`ra, 2021 yilda respublika bo`yicha jami 430 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilinadi.

Shundan sug`oriladigan 200 ming gektar maydonni lazerli uskuna yordamida tekislash orqali suvdan foydalanish samaradorligi oshiriladi.

Davlat tomonidan qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo`yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar beriladi.  

Subsidiya mablag`lari joriy qilingan suvni tejaydigan texnologiyalar kamida 5 yil ishlatilishi sharti bilan ajratiladi hamda bunday texnologiyalar joriy qilingan er maydonlari kamida 5 yil mobaynida maqbullashtirilmaydi.

2021 yil 1 dekabrga qadar Suv xo`jaligi vazirligining mavjud 1 688 ta nasos stansiyasida elektr energiyasining sarfi hamda chiqarilgan suv hajmi hisobini yurituvchi respublika bo`yicha yagona elektron axborot tizimi ishga tushiriladi.

    Boshqa yangiliklar