Eron Amad News yangiliklar portalining rahbari, 2017-2018 yillarda mamlakatda bo`lib o`tgan norozilik namoyishlarini faol yoritgan muxolifat jurnalisti Ruholla Zamni qatl etdi. Bu haqda gazeta.uz Amad News ga tayanib xabar berdi.
Jurnalist shanba kuni Eronda osib o`ldirilgan.
Ruxolloh Zam yangiliklar portali va Telegramdagi Amad News kanalining rahbari bo`lgan va 2017 yil dekabridan 2018 yil yanvarigacha bo`lgan Eron bo`ylab namoyishlarni faol ravishda yoritib borgan.
Iyun oyida sud Ruxolloh Zamni "Erdagi korrupsiya" uchun o`lim jazosiga hukm qilgan. «Al-Djazira»ga ko`ra, jurnalist ko`pincha josuslik yoki Eron hukumatini ag`darishga urinish bilan bog`liq ishlarda ayblangan.
Zam bir necha yil davomida Fransiyada muhojirlikda yashagan va 2019 yil oktyabr oyida Eron maxsus xizmatlari tomonidan hibsga olingan.






