AsosiyJamiyat

Buxoroda poezd «Nexia»ni bosib ketdi. Mashinada bo`lgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ikki ishchisi voqea joyida vafot etishdi (video)

'Buxoroda poezd «Nexia»ni bosib ketdi. Mashinada bo`lgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ikki ishchisi voqea joyida vafot etishdi (video)'ning rasmi

 Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida poezd va "Nexia" avtomobilining to`qnashuvi oqibatida ikki fuqaro vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB video xabar berdi.

 

Ta`kidlanishicha, avtohalokat Qorovulbozor tumanidagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tasarrufidagi ichki xo`jalik avtomobil yo`lining Qorovulbozor raz`ezdi temir yo`lning qo`riqlanmaydigan kesishmasida sodir bo`lgan. Ushbu ichki xo`jalik yo`li Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan qo`riqlanadigan hudud sanaladi va kirib-chiqishi uchun blokpost tashkil etilgan. Ushbu hududga faqat mazkur korxonada ishlovchi xodimlarga tegishli bo`lgan transport vositalari maxsus ruxsatnoma asosida kirib-chiqishi mumkin. O`rnatilgan videokameralar kuzatilganda, baxtsiz hodisa ham aynan shu zavod ishchilari bilan sodir bo`lgani aniqlangan. 

Zavod ishchisi R.J. yaqinlashib kelayotgan poezdni ko`rsa-da, temir yo`l kesishmasidan tezroq o`tib ketishni ko`zlagan, oqibatda poezdning old qismi haydovchi boshqarib borayotgan "Nexia"ning chap tomoniga urilgan. Natijada avtomashina haydovchisi R.J. hamda old o`rindiqda o`tirgan yo`lovchi Sh.N. og`ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

YTH sodir bo`lgan joyida barcha yo`l belgilari mavjud bo`lgan.

Ma`lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 15 noyabrdagi qaroriga muvofiq, atrofi o`ralgan hududlar, qo`riqlanadigan va kirish ruxsatnoma orqali amalga oshiriladigan tashkilotlarning ichkarisida sodir bo`ladigan holatlar yo`l transport hodisasi sifatida statistika hisobiga olinmasligi ko`rsatib o`tilgan.

    Boshqa yangiliklar