AsosiyJamiyat

"Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo`lmaydi. Muammoni bilsak, qaror to`g`ri, adolatli bo`ladi" - Prezident Xorazmda yig`ilish o`tkazmoqda

'"Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo`lmaydi. Muammoni bilsak, qaror to`g`ri, adolatli bo`ladi" - Prezident Xorazmda yig`ilish o`tkazmoqda'ning rasmi

Urganch shahrida Xorazm viloyati faollari va tarmoqlar mutasaddilari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev yig`ilish avvalida xorazmlik dehqon va fermerlarni, butun mehnatkash xalqimizni bugungi Qishloq xo`jaligi xodimlari kuni bilan yana bir bor tabrikladi.

- Xorazmga bu yil ikkinchi marta kelyapmiz. Maqsad - sizlarning ko`zlaringizga qarab, viloyatdagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, yana nima imkoniyatlar bor, qanday tartib, qanday ko`mak kerak, nima natija bo`ladi, degan savollarni qo`yib muloqot qilish. Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo`lmaydi. Muammoni bilsak, qaror to`g`ri, adolatli bo`ladi, - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari «mahalla raisi - islohotchi» tamoyili asosida ijtimoiy muammolarni hal qilish bo`yicha yangi tizim joriy etilishini ta`kidladi.

- Prezident bir yilda bir kelib, ko`rib ketgani bilan natija bo`lib qolmaydi. Har bir hokim, iqtisodiy kompleks rahbarlari hududdagi muammolar bo`yicha tizimli ishlashi kerak. Chetdan kelib birov qilib bermaydi. Mana, kecha Xorazmdagi shahar va tuman hokimlari bilan gaplashdim. Qancha mablag` so`rasa, berdim. Pulimiz ko`pligi uchun emas, masala qo`ya olgani uchun. Odamlar ham befarq bo`lmasligi kerak. Mahalliy kengashlar, mahallalar talab qilishi lozim, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Yig`ilishda viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar tanqidiy ko`rib chiqildi. Qishloq xo`jaligi, ishlab chiqarish va xizmatlarni rivojlantirish, ish o`rinlari yaratish, kam ta`minlanganlarni kambag`allikdan chiqarish, mahallalardagi ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo`yicha vazifalar belgilandi.

Yig`ilish davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar