So`nggi kunlarda nafaqat O`zbekistondagi, balki xorijiy OAV larda Rossiya Federasiyasi tomonidan O`zbekistonning Farg`ona, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlariga eksport uchun ta`qiq qo`yilgani va bunga “Pomidor jigarrang bujmayish virusi kasalligi” sabab bo`lgani muhokamalar markazida bo`lib, mazkur ta`qiqlar xususida turli xil fikrlar bildirilgan edi.
O`simliklar karantini davlat inspeksiyasi mazkur virus yuzasidan oydinlik kiritish maqsadida quyidagilarni bayonot berdi:
Ekspertlarni taqdimotlariga ko`ra, Tomato brown rugose fruit virus-“Pomidor jigarrang bujmayish virusi kasalligi” virusi yangi va juda kam o`rganilgan virus bo`lib, faqatgina 2020 yil sentyabr oyida Evropa va O`rta er dengizi o`simliklar karantini va himoyasi A2 ro`yhatiga ko`shilgan. Qayd etish kerakki, ushbu kasallik urug`lar, virus tekkan asboblar, kiyimlar, mexanik vositalar orqali tarqalishi va ekinlarning changlanishi vaqtida ham tarqalishi mumkin. Jigarrang virus kasalligiga chidamli pomidor navlari shu kungacha ishlab chiqilmagan.
Pomidor jigarrang bujmayish virusi kasalligi” bilan bog`liq xabar e`lon qilinganidan so`ng, “O`zdavkarantin” inspeksiyasi xodimlari tomonidan tezkorlik bilan “Dolzarb 15 kunlik” chora-tadbirlar tezkor rejasi ishlab chiqildi.
Rosselxoznadzor vakillari bilan muzokaralar o`tkazilib, ularning tajribaviy tavsiyalarini inobatga olib, pomidor va bulg`or qalampiri mahsuloti hamda uning eksportiga jiddiy zarar etkazuvchi ushbu kasallikning alomatlari, tarqalish yo`llari va qarshi kurash mexanizmi aniq belgilab berildi.
“O`zdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan Maxsus ishchi guruhi tuzilib, Farg`ona viloyatiga fitosanitar holatni batafsil o`rganish va aniqlik kiritish maqsadida safarbar etildi. Shuningdek, respublikaning barcha tuman va shaharlari hamda chegara maskanlarida faoliyat yuritayotgan inspektorlarga muntazam ravishda maxsus yo`riqnoma va topshiriqlar berildi.
Hozirgi kunda, respublika hududiga pomidor va kalampir mahsulotlarining urug`lari olib kirilishi to`liq cheklangan bo`lib, “O`zdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan mazkur urug`liklarni eksport qiluvchi davlatlar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Respublikaning barcha hududida etishtiriladigan pomidor mahsulotidan namunalar olinib, Markaziy karantin laboratoriyasida o`rganilmoqda. Ayni kunlarda laboratoriya xodimlari uchun fitosanitariya diagnostikasi ustida trening olib borayotgan o`simliklar karantini va himoyasi sohasida xalqaro ekspert dr. Amir Malik Xumayun mavzu yuzasidan quyidagicha fikr bildirdi:
“Biz laboratoriya xodimlari bilan mana 10 kundan buyon, o`simliklarga jiddiy ziyon etkazishi mumkin bo`lgan zararli organizmlar diagnostikasi ustida o`quv-trening hamda amaliy o`rganishlarni olib bormoqdamiz. Shu yilning boshidan buyon dunyoning bir qator davlatlarida qishloq xo`jaligi mahsulotlari hosili va eksportiga yangi turdagi Tomato brown rugose fruit virus-“Pomidor jigarrang bujmayish virusi kasalligi” ayniqsa, Osiyo va Evropa mamlakatlari orasida jiddiy xavotirlarga sabab bo`ldi.
Farg`ona viloyatida mavjud issiqxonalarning 99,11 gektar maydonini pomidor ekinlari tashkil etib, ularning barchasi sanoat issiqxonalari hisoblanadi. Shundan 36,46 gektarni tashkil etgan 18 ta issiqxonalarda pomidor etishtirilishi davom etmoqda. Respublika bo`ylab o`tkazilgan maxsus fitosanitar dala nazorati chog`ida barcha issiqxona rahbar va xodimlariga kasallik va zararkunandalar hamda pomidorning jigarrang bujmayish virus kasalligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
“Nurimov Muso ota” MChJ ga qarashli issiqxonada bir necha yillardan buyon pomidor etishtirish va uni xorijga eksport qilish bilan shug`ullanuvchi tadbirkor Mirvosix Mirhosilovning so`zlariga qaraganda, bunday turdagi virus hali uning hosiliga ziyon etkazmagan.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar davomida tadbirkor mahsulotda hali mazkur virusning hech qanday tashqi alomatlarini ko`rmaganini, hosil hajmini oshirib, har yilgidanda ko`proq mahsulotni xorijga eksport qilish niyatida ekanligini bildirmoqda.
“Dolzarb 15 kunlik” kunlik doirasida Respublikaning Qashqadaryo, Navoiy, Farg`ona hamda boshqa hududlarida pomidor va qalampir ekilgan har bir issiqxonaning joylashgan o`rni, maydoni, turi va fitosanitar tozaligi to`g`risidagi ma`lumotnomasi, ya`ni pasporti Inspeksiya xodimlari tomonidan shaklantirildi va davomli qat`iy fitosanitar nazorat o`rnatildi.
O`rganish va tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, bugungi kunga qadar Respublika hududida mazkur virus aniqlanmagan.
Ta`kidlash joizki, Rosselxoznadzor tomonidan ko`yilgan vaqtinchalik ta`qiqlar asoslanmagan xavotirlar va turli xil salbiy fikrlar OAVlarda keng tarqalishiga sabab bo`lmoqda.
Bugungi kunda “O`zdavkarantin” va Rosselxoznadzor karantin xizmatlari o`rtasida munosabatlarida ken qamrovli xamkorlik barcha yo`nalishlari bo`yicha faol o`zaro rivojlanib kelmoqda, bunga misol joriy yildagi koronavirus pandemiyasiga karamay, “O`zdavkarantin” murojaatiga ko`ra Rosselxoznadzor ko`shimcha ravishda 3 omborni vaqtinchalik saqlash omborlar ro`yhatiga ko`shdi hamda ikki davlatning fitosanitariya sohasidagi axborot tizimlari muvaffaqiyatli integrasiyalashtirildi.
Shu bilan bir qatorda, hozirgi kunda, respublikaning virusdan xoli ekanligini tasdiqlash maqsadida har bir hudud kesimida etishtiruvchilar, ya`ni issiqxonalar ro`yxati shakllantirilib, masala yuzasidan o`tkazilaetgan muzokaralar doirasida Rosselxoznadzorga taqdim etib kelinib, ko`yilgan vaqtinchalik cheklovlarni bekor qilish bo`yicha zarur choralar ko`rilmoqda.
Kapr ko`ng`izi respublika hududida oldini olish yo`nalishida joriy yilning 4 dekabridan boshlab respublika bo`ylab fitosanitar nazorat ko`chaytirilib va mavjud bo`lgan barcha omborlarni, shu jumladan ko`ritilgan mahsulotlar saqlanadigan korxona ob`ektlaridagi omborlarni qayta tekshirish va zararsizlantirish choralari ko`rilmoqda.
Respublikamiz iqtisodiyotiga katta ziyon keltiruvchi zararli organizmlar kirib kelishi hamda tarqalishiga qarshi fitosanitar kurash choralari uzluksiz davom etmoqda.
Tadbirkor, fermer hamda dehqonlar, mahsulot etishtiriluvchi dala, bog`, issiqxona, qadoqlash sexlarida turli xildagi kasallik alomatlarini ko`rganlarida, “O`zdavkarantin” inspeksiyasining ishonch raqami (71 202 10 00)ga murojaat etishlari so`raladi!






