"Sputnik V" sinovlari ijobiy o`tsa, vaksina O`zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkin, deb ma`lum qildi O`zbekiston Cog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i Bahodir Yusupaliev "O`zbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusida.
SSV rahbari o`rinbosarining fikricha, bugun eng asosiysi O`zbekiston aholisini ushbu infeksiyaga qarshi emlash masalasidir.
"O`zbekistonda yana qaytadan kasallik avj olmasligi, vaziyat barqaror bo`lishini ta`minlab berishimiz shartDekabr oyi boshida Rossiya delegasiyasi O`zbekistonga keldi. Rossiya tomoni bilan "Sputnik V" klinik tadqiqotlar natijalarini oshkor qilmaslik to`g`risida kelishuv bor. Tegishli hujjatlar bizga taqdim etildi. Biz bu hujjatlarni o`rganyapmiz. Uning natijalariga ko`ra, vaksinaning 3-bosqich tadqiqotlarini o`tkazish bo`yicha qaror qabul qilinadi.
Buni o`rganish asosida birinchi navbatda fuqarolarimizning xavfsizligi masalasi, ularda antitanachalar hosil bo`lish-bo`lmasligi o`rganiladi", - degan u. Ta`kidlanishicha, agar bu vaksina o`zining yaxshi tomonlarini ko`rsatsa, nafaqat uni sotib olish balki O`zbekistonda ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish masalasi qo`yilgan" ", - dedi Yusupaliev.






