AsosiyJamiyat

Navoiy viloyatiga sayohat qilish bo`yicha memorandum imzolanmoqda

'Navoiy viloyatiga sayohat qilish bo`yicha memorandum imzolanmoqda'ning rasmi

Navoiy viloyati hokimligi hamda viloyat Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi mas`ullari Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Andijon viloyatlari, Toshkent shahri va mamlakatimizning boshqa hududlarida  bo`lib, kelgusidagi hamkorlik yuzasidan o`zaro kelishuv o`tkazishmoqda.

 Bu haqda ma`lum qilgan Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga ko`ra, jami 13 Hamkorlik memorandumi imzolanishi kutilmoqda. 

O`zbekiston Prezidenti rahbarligida joriy yilning 9 dekabr kuni “Turizm sohasini rivojlantirish va aholining jismoniy faolligini oshirish borasida ishlarni jadallashtirish chora-tadbirlari” bo`yicha kengaytirilgan tarzda videoselektor o`tkazildi. Yig`ilish doirasida berilgan topshiriqlar ijrosini ta`minlash hamda respublika bo`ylab mahalliy aholining sayohatlarni amalga oshirish maqsadida Navoiy viloyati hokimligi tomonidan o`zaro kelishuv bitimi ishlab chiqildi.

 Kelishuv bitimiga muvofiq, Navoiy viloyatining turistik ob`ektlari, jumladan eko va agroturizm, madaniy meros va ziyorat turizm ob`ektlari bo`ylab sayohatlarni tashkil etish maqsadida respublikaning yoshlar, mahallalar va mehnat jamoalaridan iborat sayyohlar Navoiy viloyatiga sayohat qilishadi. 

Memorandumga ko`ra, hujjat imzolangan viloyatlar o`rtasida “O`zbekiston bo`ylab sayohat qil” dasturi doirasida o`zaro sayohatlar tashkil qilish shuningdek, hududlarning turistik salohiyatini mahalliy ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng targ`ib qilish ko`zda tutilgan. 

    Boshqa yangiliklar