AsosiyJamiyat

Shifokorlar majburiy attestasiyadan o`tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko`ra, Sog`liqni saqlash vazirligi tizimi tibbiyot tashkilotlari shifokorlari egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan muntazam attestasiyadan o`tkaziladi, deb yozadi norma.uz.

Shifokorlarni attestasiyadan o`tkazish har besh yilda amalga oshiriladi.

Tegishli mutaxassislik bo`yicha belgilangan tartibda berilgan, amaldagi malaka toifasiga ega bo`lgan shifokorlar attestasiyadan o`tkazilmaydi, Attestasiya test hamda og`zaki imtihon qilish orqali o`tkaziladi. Ikki bosqichdan so`ng 70 balldan kam yig`magan shifokor attestasiyadan muvaffaqiyatli o`tgan hisoblanadi. 50-70 ball to`plagan shifokor attestasiyadan shartli ravishda o`tgan sanaladi va pullik malaka oshirish kurslariga yuboriladi. 50 balldan kam to`plagan shifokorlar egallab turgan lavozimiga loyiq emas deb topiladi.

 

    Boshqa yangiliklar