AsosiyJamiyat

Namanganda ZIL va "Neksiya" ishtirokida ayanchli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

'Namanganda ZIL va "Neksiya" ishtirokida ayanchli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor'ning rasmi

Joriy 12 dekabr kuni soat 08:40 larda Baliqchi-Jomashuy-Pungon yo`lining 64 km.da Ingichka MFY hududida 1991 yilda tug`ilgan fuqaro ZIL-130 rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketib, shu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaroni ishonch qog`ozi orqali boshqaruvida bo`lgan Neksiya-1 rusumli avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir etgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada Neksiya rusumli avtomashinada bo`lgan yo`lovchi ayol voqea joyida vafot etgan.

Yana bir nafar yo`lovchi va haydovchi og`ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etganlar.

Qolgan ikki nafar yo`lovchi ayollar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo`yicha Mingbuloq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 12 dekabr kuni O`z.R JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar