AsosiySalomatlik

"Sputnik V"ning COVID-19ning og`ir holatlariga qarshi 100% natija ko`rsatgani ma`lum qilindi

'"Sputnik V"ning COVID-19ning og`ir holatlariga qarshi 100% natija ko`rsatgani ma`lum qilindi'ning rasmi

"Sputnik V" vaksinasining samaradorligi og`ir holatlarga qarshi 100% ga natija berdi, deya xabar bergan RIA Novosti preparat ishlab chiqaruvchilariga asoslanib.

Ma`lum qilinishicha, tadqiqotning uchinchi bosqichida vaksinaning umumiy samaradorligi 91,4 foizni tashkil etgan.

"Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlari orasida 20 ta og`ir holat qayd etilgan, vaksinani olgan guruhda kasallikning og`ir holatlari bo`lmagan", deydi ishlab chiquvchilar.

Ta`kidlanishicha, emlashning umumiy samaradorligi tadqiqot protokolida belgilangan uchta statistik ahamiyatga ega nuqtalarda tasdiqlangan. Ushbu ma`lumotlar "Sputnik V"ni boshqa mamlakatlarda tezkor ro`yxatdan o`tkazish uchun taqdim etiladigan hisobotga asos bo`ladi.

Rossiya investisiya jamg`armasi rahbari Kirill Dmitrievning so`zlariga ko`ra xalqaro farmasevtika kompaniyalari Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirmoqda.

"Sputnik V" komponentlarini boshqa vaksinalar bilan birgalikda ishlatish ularning samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin", deb ta`kidladi Kirill Dmitriev.

 

    Boshqa yangiliklar